SportUz.Net
photo photo

Yevro-2020ning eng tezkor, eng chidamli va eng yaxshi dribling egalari ro‘yxati e’lon qilindi

10.07.2021 22:00    


Rasmni yuklab olish

Volkswagen Mobility Yevro-2020 ishtirokchilarining final o‘yini oldidan eng yaxshi statistika qayd etgan futbolchilarni e’lon qildi.

Maydonda eng ko‘p masofani bosib o‘tgan futbolchilar:

Pedri (Ispaniya) — 76.14 km
Jorjinyo (Italiya) — 72.14 km
Kalvin Fillips (Angliya)  — 67.35 km
Yoakim Mele (Daniya)  — 66.64 km
Emerik Lyaport (Ispaniya)  — 65.91 km

Pedri 18 yoshida musobaqaning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi. Statistikalar shuni ko‘rsatadiki, u buning uchun juda ko‘p harakatlarni amalga oshirgan. Turnirda undan ko‘proq yugurgan futbolchi yo‘q. Ammo bir jihatga e’tibor qaratish kerak — Ispaniya uch uchrashuvda qo‘shimcha taymlarda o‘ynadi. Pedri (629), Emerik Lyaport (630) va Unai Simon (630) boshqalarga qaraganda ko‘proq daqiqa o‘ynashdi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan Jorjinyo (585) va Kalvin Fillips (545) sezilarli darajada kam o‘ynashdi.
 
Yevro-2020ning eng tezkor futbolchilari:

Loik Nego (Vengriya)  — 33.8 km/soat
Leonardo Spinassola (Italiya)  — 33.8 km/soat
Kingsli Koman (Fransiya)  — 33.7 km/soat
Kodi Gakpo (Niderlandiya)  —  33.6 km/soat
Daniyel Jeyms (Uels)  — 33.5 km/soat
Markus Reshford (Angliya)  — 33.5 km/soat

Vengriya terma jamoasi o‘ng qanoq himoyachisi va jarohat olgan italyan Leonardo Spinassola turnirning eng tezkor futbolchilari bo‘lib turishibdi.

Kalit uzatmalarni berishda tiki-takaga moshlashgan Ispaniya terma jamoasi futbolchilari turnirda yetakchi bo‘lib qolyapti. Pedri 31, Koke va Jordi Alba 19tadan hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirdi. Pedrining o‘tkir paslari yosh ispaniyalikning eng ajoyib fazilatlaridan biridir. Bu borada tajribali jamoadoshlari ham unga tenglasha olishmadi.

Muvaffaqiyatli driblinglar:

Rahim Sterling (Angliya)  — 18
Martin Breytueyt(Daniya)  — 13
Andrey Yarmolenko (Ukraina)  — 11
Kilian Mbappe (Fransiya)  — 10
Federiko Kyeza (Italiya)  — 10

Statistika «Manchester Siti» hujumchisi doimo futbolchilarni aldab o‘tishga tayyorligini tasdiqlaydi. U Daniya bilan yarim final o‘yinida to‘qqiz bor raqiblarni dog‘da qoldirgan.

Hal qiluvchi pozisiyaga yorib kirishlar:

Pedri (Ispaniya)  — 27
Markos Lyorente (Ispaniya)  — 18
Rahim Sterling (Angliya)  — 16
Yoakim Mele (Daniya)  — 16
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)  — 15

Pedri yana boshqalardan ancha oldinda, garchi Sterling dastlabki hujum harakatlarida eng yaxshi o‘yinchilar qatoriga kirsa ham. Italiyaliklar orasida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Spinassola (13) va Veratti (12) asosiy o‘rin egallashdi.

Jarima maydoniga yozib kirishlar:

Lorenso Insinye (Italiya)  — 14
Rahim Sterling (Angliya)  — 13
Kilian Mbappe (Fransiya)  — 13
Yoakim Mele (Daniya)  — 12
Leonardo Spinassola (Italiya)  — 11

Yevro-2020da hech bir futbolchi Insinye kabi raqib jarima maydoniga to‘p bilan kirib borolmagan. Uning ortidan Sterling taqib qilyapti. Rahimning oltita foydali harakati Daniya bilan o‘yinda qayd etildi. Bu uning yarim final bosqichdagi eng yaqin ta’qibchilari — Shou, Federiko Kyeza va Alvaro Moratadan ikki baravar ko‘p, degani.

Ruslan Maksimov tayyorladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: