SportUz.Net
photo photo

APL klublari so‘nggi 9 yilda ilk marta qishki transferda 100 mln funtdan kam pul sarflashdi

08.02.2021 13:30    


Rasmni yuklab olish

Angliya premyer-ligasi klublari 2012 yildan buyon ilk marta qishki transferda 100 mln funtdan kam pul sarflashdi (113,2 mln yevro). Bu esa koronavirus pandemiyasi va Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq.

Yanvar oyida APL klublari tomonidan amalga oshirilgan eng katta 4 transferlar:

"Manchester Yunayted" — Amado Diallo ("Atalanta") — 19 mln funt (21,5 mln yevro);
"Aston Villa" — Morgan Sanson ("Marsel") — 16 mln funt (18,1 mln yevro);
"Vest Xem" — Said Benrahma ("Brentford") — 20 mln funt (22,6 mln yevro).
"Vest Bromvich" — Robert Snodgrass (aniq summa ko‘rsatilmadi).

APL klublari oktyabr oyida yakunlangan yozgi transferda 1,24 mlrd funt sterling (1,4 mlrd yevro) mablag‘ sarflashgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: