
Italiya terma jamoasi Yevropa chempionatining chorak finalida Belgiyani mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Roberto Manchini jamoasining mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 32ta uchrashuvga yetdi. "Skuadro adzurra" bu borada o‘z rekordini yangiladi. Manchini 2018 yilning may oyidan buyon terma jamoani boshqarib keladi.
Avvalgi rekord 1935-1939 yillarda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda Vittorio Posso boshqaruvidagi Italiya ketma-ket 30ta o‘yinda yutqazmagan edi.
Italiya terma jamoasi Yevro-2020 yarim finalida Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Bahs 6 iyul kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi.
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!