SportUz.Net
photo photo

Xabib Nurmagomedovning raqiblari: jang oldidan va jangdan so'ng + FOTO

06.02.2021 14:16    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov bugungi kunda dunyo miqyosida mashhur sportchi hisoblanadi.

Nurmagomedovning O'zbekistonda ham muxlislari ko'plab topiladi. SHuni etiborga olgan holda, Nurmagomedovning janglariga bag'ishlangan maqolani etiboringizga taqdim etamiz.

U mag'lubiyatga uchratgan raqiblar jangdan keyin qanday holatga tushib qolgan? Buni suratlar yordamida bilib olamiz.

(Yangilangan variant)

2012 yil, 20 yanvar - Kamal SHalorus

Ikkinchi raunddan so'ng SHalorus promoushenning yangi vakili tomonidan shu darajada do'pposlandiki, burchakda turgan jamoadoshlariga qarata shu savolni berdi: "Hozir nechanchi raund?"



Taqqoslash uchun Xabib jangdan so'ng shu ko'rinishda edi.



2012 yil, 7 iyul - Gleyson Tibau

Nurmagomedov jangda agressiv xarakatlari bilan ajralib turdi. Bu esa braziliyalik raqibning yuzida jarohat paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Uning o'ng ko'zi ostida oqayotgan qonni ko'rishingiz mumkin.



Xabib esa o'sha jangdan so'ng xotirjam ko'rinishda edi.



2013 yil, 19 yanvar - Tiago Tavares

Bu erda ortiqcha izohga hojat yo'q. Referi to'qnashuvning 115-soniyasida jangga aralashishga majbur bo'lgandi.



2013 yil, 25 may - Abel Truxilo

Agar omma senga xushtakbozlik qilayotgan bo'lsa bu sen greppling bo'yicha haqiqiy master-klass namoyish etganing uchun.



Jang yakunida Xabib g'alabani shu ko'rinishda nishonlamoqda




2013 yil, 21 sentyabr - Pet Xili

Jang juda ajoyib o'tgandi. Xili ham o'z o'rnida yaxshi harakat qildi. Biroq, Xabib saviya borasida raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi. O'sha jangdan so'ng Nurmagomedov chempionlik kamari uchun davogarlardan biri sifatida etirof etila boshlandi.



Jangdan keyingi surat



2014 yil, 19 aprel - Rafael Dos Santos

Xabib bu jangda ham raqibini "g'ajib qo'ydi"



Qahramonimiz jangdan keyin



2016 yil, 16 aprel - Darrell Xorcher

Xorcher ajoyib jang qildi. Ammo, yakunda uning holati shunday ko'rinishda edi.



Xabib uchun esa muammo yo'q



2016 yil, 12 noyabr - Maykl Jonson

Jonsonning o'ziga bo'lgan ishonchi birinchi raundda o'tkazib yuborilgan juda kuchli zarbadan so'ng qaergadir yo'qolib qoladi. O'sha vaziyatdan so'ng jang Nurmagomedov uchun bolalar o'yiniga aylanadi.



Sportchi hatto terlagani ham yo'q



2017 yil, 30 dekabr - Edson Barboza

Donald Serrone, Bobbi Grin, Evan Danem, Lukas Martins, Pol Felder, Toni Fergyuson, Entoni Pettis, Gilbert Melendes, Beneil Dariyush, Xabib Nurmagomedov. Barboza ularni mag'lub eta olmagan. Lekin, barcha janglarda u yaxshigina qarshilik ko'rsatgan. Doimo nimadir halal berib qolgan. Uning mahoratini shubha ostiga qo'ya olmaymiz.


Ikkinchi raundda referi undan jangni davom ettira olish-olmasligini so'ramoqda. Ammo, Barboza jangni oxirigacha etkaza olgan.



2018 yil, 7 aprel - El Yakvinta

Jang o'shanda to'liq davom etgandi. Yakvinta 5 raund turib bera olganini etirof etish lozim. Ushbu jangdan so'ng Xabib chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi



2018 yil, 6 oktyabr - Konor Makgregor


Xabibni dunyoga yanada tanitgan ushbu jang. To'qnashuv to'rtinchi raundda yakunlangandi. Jangdan so'ng nimalar bo'lgani hali yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak?



2019 yil, 7 sentyabr - Dastin Pore

Abu-Dabi mezbonlik qilgan jangda Pore Xabibga yaxshigina qarshilik ko'rsatgandi. Ammo dog'istonlik sportchi baribir o'z uslubida Poreni taslim etishga muvaffaq bo'ladi



2020 yil, 24 oktyabr - Jastin Getji

Xabib otasining vafotidan so'ng ilk marotaba oktagonga chiqib jang qildi. Raqibi Getjini ikkinchi raundda "uxlatib qo'ydi". SHundan so'ng Xabib bu oxirgi jangi ekanligini, faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini elon qildi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: