SportUz.Net
photo photo

Bu qiziq! Majburiy o'zgarish sabab oktagonga chiqib, chempion bo'lgan UFC jangchilari

19.05.2021 18:00    


Rasmni yuklab olish

UFC doim qiziqarli va murosasiz chempionlik janglarini tashkil etadi.

Biroq doim ham voqealar tashkilotchilarning istaganidek bo'lmaydi. Bazida jangchilar jarohat olishi va ularning o'rniga boshqa sportchilar oktagonga ko'tarilishi mumkin bo'ladi. Bugun majburiy o'zgarish sabab oktagonga chiqib, chempion bo'lgan UFC jangchilari haqida fikr bildiramiz.


Karlos Kondit 

2012 yilda yarimo'rta vazn toifasi UFC'da Jorj Sen-Per hukmdorligi ostida o'tayotgan edi. CHempion navbatdagi jangini Nik Diasga qarshi o'tkazishi lozim edi. Biroq Nik intervyulardan birida UFC haqida ko'plab kerak bo'lmagan gaplarni gapirdi va shu sababli ham Dana uni Karlon Konditga alishtirdi. Biroq Jorj ham jangga oz qolganda jiddiy jarohat oldi. SHundan so'ng chempionlik jangi bekor bo'ldi. Jorj Sen-Per jarohatdan qutilganidan so'ng yanada jiddiyroq jarohat oldi va endilikda Dana vaznda vaqtinchalik chempionni aniqlashi kerak edi. Nik uchun Kondit raqib sifatida berildi. To'liq davom etgan bahsda Nik mag'lub bo'ldi va shu tariqa Karlos Kondit Jorj Sen-Perning o'rniga oktagonga ko'tarilib, UFC kamarini qo'lga kiritdi.


Daniel Korme

UFC 177 kechasida yarimog'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Jon Jons davogar Entoni Jonsonga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq Jon Jonsning sud bilan muammolar bo'lgani sababli jangi bekor bo'ldi. SHundan so'ng UFC Jon Jonsni kamardan mahrum qildi va uning o'rniga Daniel Korme Jonsonga raqib sifatida berildi. Jang kuni esa Jonson kurashchiga qarshi jangga tayyor emasligi ko'rinib qoldi. Daniel Korme uni qiyinchiliksiz mag'lub etdi va yarimog'ir vazn toifasida UFC kamarini qo'lga kiritdi.


Jon Jons

2011 yilda yarimog'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Maurisio Rua bo'lgan. U Rashad Evansga qarshi jang qilishi lozim edi, biroq jangga oz qolganida Rashad jarohat oldi va uning o'rniga UFC 23 yoshli istedodli jangchi Jon Jons oktagonga tashlashga qaror qildi. 2 yarim raundning ichida Jons raqibini mag'lub etdi va UFC kamarini qo'lga kiritdi. Bu g'alaba orqali Jons UFC'da chempion bo'lgan eng yosh jangchiga aylandi.  


Dastin Pore

Xollouey - Pore o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik jangi ikkita sababga ko'ra sodir bo'ldi. Birinchidan vazn chempioni Xabib Nurmagomedov Konorga qarshi jangdan so'ng to'qqiz oylik chetlatishga uchragandi. Birinchi raqamli davogar Toni Fergyuson esa Xolloueyga qarshi jang qilishdan voz kechdi va shu sababli ham Maksga Dastin raqib sifatida berildi. Ko'pchilik uchun bu jangda Xollouey favorit hisoblanardi. Biroq besh raund davom etgan jangda Pore vaqtinchalik kamarni qo'lga kiritdi.


Jastin Getji

UFC 249 kechasida Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi, biroq koronavirus sababli chempion jang qila olmadi. Ammo tashkilot rahbari bu oqshomni saqlab qolish uchun Toniga qarshi jangga Getjini tashlashga qaror qildi. Jastin ham qisqa muddatda oktagonga ko'tarilishga rozi bo'ldi va hech kim kutmaganida Getji g'alaba qozondi. SHu tariqa, u vaqtinchalik UFC kamarini qo'lga kiritdi.


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: