SportUz.Net
photo photo

Di Mariya «PSJ» tarixiga kirdi

29.04.2021 09:31    


Rasmni yuklab olish

"PSJ" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichida bo‘lib o‘tgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (1:2) jamoasining yagona goliga assistentlik qildi. Uning burchakdan yetkazgan uzatmasini Markinyos bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

"William Hill" tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining parijliklar safidagi assistlari soni 103taga yetdi. Bu esa "Pari Sen-Jermen" tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u "PSJ" safida 1982-1991 yillarda o‘ynagan Safet Sushich bilan tenglashib oldi.

Di Mariya golli uzatmalarining 65tasini Fransiya chempionatida, 17tasini Chempionlar ligasida, 11tasini Fransiya Liga kubogida, 9tasini Fransiya kubogida va bittasini Fransiya superkubogida amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Anxel Di Mariya 2015 yildan buyon "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: