SportUz.Net
photo photo

Marselo, Modrich, Runi. Krishtianu Ronaldu bilan birga eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

08.02.2021 11:30    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda o‘yinlarda eng ko‘p qatnashgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi.

Mazkur ramziy terma jamoa a’zolari faqat «Real Madrid» va «Manchester Yunayted» vakillaridan iborat bo‘ldi.

Ronaldu bilan birgalikda eng ko‘p o‘yinda qatnashgan futbolchi Karim Benzema bo‘ldi. Hozirda «Real»da faoliyatini davom ettirayotgan Benzema portugaliyalik futbolchi bilan birgalikda jami 342 o‘yinda qatnashgan.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Iker Kasilyas (228 o‘yin);

Himoyachilar: Serxio Ramos (339), Pepe (324), Marselo (332), Alvaro Arbeloa (201);

Yarimhimoyachilar: Xabi Alonso (208), Rayan Giggz (204), Luka Modrich (222);

Hujumchilar: Ueyn Runi (206), Karim Benzema (342), Krishtianu Ronaldu.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: