SportUz.Net
photo photo

YECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisiga da’vogarlar e’lon qilindi

18.03.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan javob o‘yinlari yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi.

Kevin De Breyne («Manchester Siti» yarim himoyachisi) — Myonxengladbaxning «Borussiya» klubiga qarshi bahsda (2:1) bitta gol urdi. Uning uzatmalari aniqligi 82 foizga teng bo‘ldi.

N’Golo Kante («Chelsi» yarim himoyachisi) — «Atletiko»ga qarshi o‘yinda (2:0) bergan uzatmalarining 88 foizi aniq bo‘ldi.

Luka Modrich («Real» yarim himoyachisi) — «Atalanta»ga qarshi uchrashuvda (3:1) bitta golga assistentlik qildi va uzatmalarining 94 foizi aniq chiqdi.

Yozua Kimmix («Bavariya» yarim himoyachisi) — «Lasio»ga qarshi bahsda (2:1) uzatmalarining aniqligi 87 foizga teng bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: