SportUz.Net
photo photo

Erling Holand Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

10.03.2021 17:30    


Rasmni yuklab olish

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida kechgan «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (2:2) dubl qayd etdi.

20 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 20 taga yetkazib oldi. Buning uchun unga 14 ta o‘yin kifoya qildi. Shu tariqa Holand mazkur musobaqada 20 ta gol urish uchun eng kam o‘yin sarflagan futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord «Tottenhem» hujumchisi Harri Keynga tegishli bo‘lib, u Chempionlar Ligasidagi 24 ta o‘yinda 20 ta gol urgandi.

Shuningdek, Holand Chempionlar Ligasining ketma-ket olti o‘yinida gol urdi va bu natijaga erishgan liga tarixidagi eng yosh futbolchi bo‘ldi.

Norvegiyalik futbolchi Bundesliganing 2020/21 yilgi mavsumida 19 o‘yin o‘tkazib, 19 gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: