SportUz.Net
photo photo

TAVSIYA QILAMIZ: Naoya Inoue Pakyaoning omadsiz varianti. Inoue yaponlardan boshqa kimga kerak?

06.05.2024 19:00    


Rasmni yuklab olish

Kulrang chempion.

Naoya Inoue boks bo'yicha dunyoning eng kuchli chempionlardan biridir. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz hafsalamiz pir bo'ladi - kulrang faoliyat va zerikarli xarakter.

Barcha buyuk jangchilarning ularni professional boks yoki MMAga olib kelgan dramatik hikoyasi bor: Frensis Ngannuning yarim Afrika bo'ylab sayohati, Menni Pakyaoning qashshoqlik va ko'cha janglari, Xulio Sezar CHavesning er osti klublarida pichoqlash yoki otishma bilan tugaydigan janglari, Sonni Listonning paxta plantaciyalarida, Mayk Taysonning Bronksdagi gangsterizm va zo'ravonlik bilan kechgan bolaligi kabi.

Ammo jangchilarning hikoyalari bo'lmasa ham, ularni o'ylab topadilar yoki bo'rttirishadi. Misol uchun, Muhammad Ali va ko'lga tashlangan Olimpiya medali haqidagi hikoya - bu afsona. Floyd Meyvezerning otasi giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullangan, biroq kichik Meyvezerning bolaligi o'zi tez-tez takidlaganidek, qashshoqlikda emas, balki unga boks o'rgatgan va unga boy menejer topib bergan qarindoshlari qo'l ostida o'tgan. 

Inoueda esa hech narsa yo'q. Va bu bokschining yoki uning otasining aybi emas, balki promouter va menejerning aybi. Hozirgi kunda PR alohida fan sifatida o'qitiladi - bu bo'yicha hatto alohida kurslar ham mavjud, Muhammad Ali davrida bunday so'z umuman yo'q edi, lekin Ali boksdan tashqarida ham shov-shuvli chiqishlarini to'xtatmadi.

Inoue shaxsiy hayoti haqida deyarli gapirmaydi, aslida bu normal holat. Gennadiy Golovkin ham bu kabi tafsilotlarni bo'lishgisi kelmaydi. Lekin u 30 yoshdan oshganida vada qilingan «Katta drama» shousi bilan xorijdagi tomoshabinlarni o'ziga tortdi va undan o'nlab million dollar ishlab oldi.

Kuchli zarbalar Inouega tabiatan sovg'a qilingan. Og'irligi 50 kg dan biroz yuqori bo'lgan vazn toifasidagilar uchun 26 ta jangda 23 ta nokaut - bu ajoyib. Ammo bunday sovg'adan to'g'ri foydalanish kerak - promouter Bob Arum buni amalga oshirolmadi. U Qo'shma SHtatlardagi yapon auditoriyasi (1,6 million kishi) tufayli Inoueni mashxur qilmoqchi edi, ammo bu g'oya amalga oshmadi.

Kovid davrida Arum Inoueni Amerikada «ko'tarish» g'oyasidan voz kechdi va uni Yaponiyaga yubordi. Oradan to'rt yil o'tdi va Inoue hamon o'z uyida jang qilmoqda, chunki amerikalik homiylar unga qiziqmayapti – u hali ham ingliz tilini o'rganmagan.

Arum Pakyaoda qo'llagan taktikasini Inoueda takrorlamadi, chunki Menni yorqin boks va qiyin vaziyatlarga boy tarixga ega edi - Inoueda bularning hech biri yo'q. Agar drama bo'lmasa, chiroyli boks orqali etibor tortish mumkin. 

Inoue esa zerikarli erta g'alabalarning noyob namunasidir. Ajablanarlisi shundaki, Inouening janglari qancha PPV ishlagani haqida hech qanday malumot yo'q. Ehtimol, daromad promouterlar o'z investiciyalarining foydasizligini namoyish qilishni xohlamaydigan darajada kamdir.

Avvaliga Arum Inoueni Pakyao bilan solishtirishni yaxshi ko'rardi, ammo Menni hatto o'z sog'lig'i evaziga bo'lsada tomoshabinlarni xursand qildi. Pakyao chiroyli boks tushdi: u hujumlarda fenomenal oyoq harakatlarini amalga oshirish, burchaklardan chiroyli chiqish va ceriyali 10-12 raundlik bahslarda raqiblarini ajoyib tarzda mag'lub etish.

Inoue bularning hech birini qilmaydi: tomoshabinlar hech qachon uning janglarida shou bo'lishini kutishmaydi. Bu uning boksini ibtidoiy ko'rinishga olib keldi. Inoue xato qilmaydigan robotga o'xshaydi: u zerikarli ravishda raqiblarini birma-bir parchalab tashlaydi. Uning faoliyati davomida bir yoki ikkita chiroyli nokautlar bor, lekin qaysi bokschini nokautga uchratganini kimdir eslay oladimi?

Dominant g'alabalar ajoyib, ammo ularda inson imzosi bo'lmasa kimga kerak? Futbolda Bundesligadagi «Bavariya» yoki RPLdagi «Zenit»ning ustunligiga qoyil qoladiganlar kam. Inoue ham shu klublar kabi taassurot qoldiradi. Uning g'alabalari, hatto yangi rekordlari ham tomoshabinni hayajonlantirmaydi.

Bir yilda ikki vaznda mutlaq chempion bo'lish aqlga sig'maydi. 21 ta chempionlik jangida g'alaba qozongan. Ammo Nonito Doneyradan tashqari, u qaysi top jangchini mag'lub etganini kimdir xotirlay oladimi? Raqobatchilarning ko'pchiligi noneymlardir. SHuning uchun uning g'alabalari muxlislar xotirasidan tez o'chib ketadi. Hatto uning mag'lubiyati ham ijtimoiy tarmoqlarda kuchli reakciyaga sabab bo'lmaydi.

Boks - gladiatorlar sporti. Bu hikoyada drama va estetikaga ega bo'lgan janglar o'rin oladi. Inouening boksi bu haqida emas, balki yangi rekordlar va faktlar haqida. Biroq odamlar quruq raqamlar va faktlardan ko'ra qonli tomoshalarni yaxshi ko'radilar. Hozirgi boksda yirik nomlarning inqirozi bor, lekin Inoue bu kambag'al bo'shliqni to'ldirmadi, balki inqirozli davrda yana bir kulrang massaga aylandi.

Siz Menni Pakyao bo'lishingiz mumkin: ochiq, izlanuvchan, hayotda nomukammal, lekin ringda etibor tortadigan bokschi. Yoki siz media tomonlama kuchsiz va zerikarli nokautchi, boks olamida janglar sifati bo'yicha inqiroz boshlanganda SHon-sharaf zaliga kiradigan Noaya Inoue bo'lishingiz mumkin.

Xo'sh, Naoya Inoue yaponlardan boshqa kimga kerak?



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: