SportUz.Net

Osiyo kubogi-2023. Xolmatov va Fayzullayev nimchorak final ramziy jamoasiga kiritildi

01.02.2024 15:00    


Rasmni yuklab olish

"Sofascore" Osiyo kubogi-2023 nimchorak final o‘yinlari asosida ushbu bosqich ramziy jamoasini tuzib chiqdi.

4-4-2 taktik sxemasi asosida tuzilgan ushbu jamoaga o‘z pozisiyasida yuqori ball olgan o‘yinchilar kiritildi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida debyut qilgan Diyor Xolmatov yarim himoyachilar safidan o‘rin oldi. Uning Tailandga qarshi o‘yindagi harakatlari 7,7 ballga baholandi.

Shuningdek, 1/8 final bahsida gol muallifi bo‘lgan Abbos Fayzullayev hujum pozisiyasiga qo‘yildi. Unga 8,0 ball berildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: