SportUz.Net

Tailand ustidan g‘alaba O‘zbekistonga FIFA reytingida necha ball keltirdi?

30.01.2024 20:31    


Rasmni yuklab olish

O‘zbekiston Osiyo kubogi nimchorak finalida Tailandni mag‘lub etgach, FIFA reytingida o‘zining ochkolarini yana ko‘paytirdi. Hisobimizga 12,36 ball qo‘shildi.

O‘zbekiston Osiyo kubogidagi o‘yinlarda to‘playotgan (yo‘qotayotgan) ochkolarimiz:

O‘zbekiston - Suriya - 0:0 (-3,4 ball);
O‘zbekiston - Hindiston - 3:0 (12,0 ball);
O‘zbekiston - Avstraliya - 1:1 (5,8 ball);
O‘zbekiston - Tailand - 2:1 (12,36 ball).

Hozircha balans + 26,76 ball. FIFA onlayn reytingida 63-o‘rinni egallab turibmiz (musobaqa oldidan 68-pog‘onada edik). Osiyo jamoalari orasida ayni paytda 8-o‘rindamiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: