SportUz.Net

2023 yil yakunlari bo‘yicha Fransiya chempionati ramziy jamoasi tuzildi

02.01.2024 21:31    


Rasmni yuklab olish

"L’Equipe" nashri 2023 yil yakunlari bo‘yicha Fransiya chempionati ramziy jamoasi tuzib chiqdi.

"PSJ"ning to‘rt, "Monako" klubining 3 futbolchisi ushbu jamoa safiga kiritildi. Xususan, Usmon Dembele va Kilian Mbappe ramziy jamoadan o‘rin oldi.

Darvozabon: Bris Samba («Lans»);

Himoyachilar: Ashraf Hakimiy («PSJ»), Jan-Kler Todibo («Nissa»), Kevin Danzo («Lans»), Kayo Enrike («Monako»);

Yarim himoyachilar: Usmon Dembele («PSJ»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»), Yussuf Fofana («Monako»), Aleksandr Golovin («Monako»);

Hujumchilar: Loi Openda (sobiq «Lans»), Kilian Mbappe («PSJ»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: