SportUz.Net
photo photo

O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi murabbiyi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

19.12.2023 12:00    


Rasmni yuklab olish

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizning 2023 yildagi eng yaxshi murabbiyi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan 6 nafar mutaxassis o‘rin oldi. Supreligada dastlabki 3 ta o‘rinni egallagan klublar ustozlari va O‘zbekistonning 3 toifa — U17, U20 va U23 terma jamoalari bosh murabbiylar da’vogarlar safidan o‘rin oldi.

Davogarlar ro‘yxati:

Maksim Shaskix — "Paxtakor" bosh murabbiyi
Ro‘ziqul Berdiyev  — "Nasaf" bosh murabbiyi
Samvel Babayan — "Navbahor" bosh murabbiyi
Temur Kapadze — O‘zbekiston U23 terma jamoasi va "Olimpik" klubi bosh murabbiyi
Ravshan Haydarov — O‘zbekiston U20 terma jamoasi bosh murabbiyi
Jamoliddin Rahmatullayev — O‘zbekiston U17 terma jamoasi bosh murabbiyi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: