SportUz.Net
photo photo

Eng ijodkor o‘yinchilar reytingini tuzildi

15.11.2023 15:00    


Rasmni yuklab olish

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES Football Observatory) eng ijodkor (kreativ) o‘yinchilar reytingini tuzib chiqdi. Bunda futbolchining golli uzatmalari va xavfli hujumning yaratilishiga sabab bo‘ladigan paslari inobatga olindi.

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele eng yuqori pog‘onaga joylashtirildi. "Bavariya" yarim himoyachisi Leroy Sane esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Niko Uilyams («Atletik») va Kilian Mbappe ("PSJ") kuchli to‘rtlikdan o‘rin olishdi.

CIES Football Observatory talqiniga ko‘ra eng kreativ futbolchilar:

1. Usmon Dembele («PSJ»)
2. Leroy Sane («Bavariya»)
3. Niko Uilyams («Atletik»)
4. Kilian Mbappe («PSJ»)
5. Mussa Diabi («Aston Villa»)
6. Muhammad Saloh («Liverpul»)
7. Frank Onora («Borussiya M»)
8. Maksimiliano Nunes («Nasional Potosi»)
9. Inyaki Uilyams («Atletik»)
10. Magnus Eykrem («Molde»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: