SportUz.Net
photo photo

Jakarta-2018’dan omadliroq start bo'ldimi? 5 yil oldingi va hozirgi Osiyo o'yinlari startini taqqoslaymiz

26.09.2023 11:00    


Rasmni yuklab olish

Osiyo o'yinlaridagi bu yilgi start o'tgan safargisidan farq qiladi.

Xabaringiz bor, Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o'yinlari start oldi. O'zbekiston delegaciyasi ortda qolgan ikki kun ichida 14 ta medal qo'lga kiritdi. Delegaciyamiz  4 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 4-o'rinni egallab turibdi.  

Xo'sh, bundan 5 yil oldin Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar dastlabki ikki kunda nechta medal qo'lga kiritgan edi?

2018 yilda musobaqaning ilk kunida erkin kurash sport turining -65 kg vazn toifasida Sirojiddin Hasanov va  -97 kgda Magomed Ibragimovlar bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, -74 kg vaznda Bekzod Abdurahmonov oltin medalni o'ziniki qilgan edi. 

Ikkinchi kungi bahslarda esa ushuning taulu yo'nalishi bo'yicha Darya Latisheva  kumush medalga ega chiqqan. Taekvondoning -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Tursunqulova yarim finalda janubiy koreyalik raqibga yutqazib,  bronza medaliga sazovor bo'lgan. Yana taekvondo sporti bo'yicha Niyoz Po'latov finalgacha etib borib, hal qiluvchi bahsda janubiy koreyalik raqibiga mag'lub bo'lgan va kumush medal sohibiga aylangandi. Erkin kurashchimiz Davit Modzmanashvili hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, turnirning bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarining dastlabki ikki kunida O'zbekiston delegaciyasi vakillari umumiy hisobda 7 medal qo'lga kiritgan. 


Bulardan bittasi oltin, 2 tasi kumush va 4 tasi bronza medalidir. Natijalardan ko'rishingiz mumkinki, bu yilgi Osiyo o'yinlaridagi start o'tgan o'yinlarga nisbatan muvaffaqiyatliroq boshlandi. Bo'lajak bahslarda yurtdoshlarimizga zafarlar tilab qolamiz.


Jakarta-2018 (dastlabki ikki kun):

1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza


Xanchjou-2022 (dastlabki ikki kun):

4 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza



Xabib Jo'raboev tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: