
«Manchester Siti» Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki bahsi doirasida kechgan «Borussiya M»ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola uchun Chempionlar Ligasidagi 81-g‘alaba bo‘ldi. Kataloniyalik mutaxassis bu borada «Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan tenglashib oldi va ro‘yxatda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi «Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson (102 g‘alaba) hisoblanadi. Shuningdek, Karlo Anchelotti (89) va Arsen Venger (86) top-3 likdan o‘rin olgan.
«Manchester Siti» va «Borussiya M» jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 16 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!