Transfermarkt portali 36 yoshdan katta eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 24 iyun kuni 36 yoshni qarshi olgan Leo Messi 45 million yevro bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni esa “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (15 million) egallab turibdi. “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich esa kuchli uchlikni yakunlab bergan. Xorvatiyalik futbolchining transfer narxi 10 million yevroga baholangan.
Top-5 reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Lionel Messi (“Inter Mayami”) — 45 million yevro
2. Krishtianu Ronaldu (“An-Nassr”) — 15 million yevro
3. Luka Modrich (“Real”) — 10 million
4. Manuel Noyer (“Bavariya”) — 7 million
5. Serxio Ramos (erkin agent) — 6 million.
Kechagi qonli jangdan keyin Doston Bozorovning yuzi "remontada"ga muhtoj bo'lib qolibdi + FOTO
"Avstraliyalikka uzoq tanaffus shart emas". Maddalena Maxachev bilan jang sanasi haqida gapirdi
Valentina SHevchenko UFC 315 g'alabasidan so'ng navbatdagi raqibi haqidagi savolga javob berdi