Bu haqda jurnalist Marsel Myoller ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, nemis grandi boshqaruviga davogarlar ro'yxatidan Yoaxim Lyov, Xans-Diter Flik va Oliver Glasner o'rin olgan. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu "Bavariya" bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Hozirda Tomas Tuxel "Bavariya" ustozi sanaladi. Uning qo'l ostida jamoa so'nggi o'yinda Leverkuzenning "Bayer"iga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bundesliganing 21-turidan keyin "Bavariya" peshqadam "Bayer"dan 5 ochko ortda qolmoqda.
Jangiga 5 kun qolgan 46 yoshli Menni Pakyao ayni paytdagi aktual formasini ko'rsatdi + FOTO