
Polshalik hujumchi yangi jamoasini tanlash borasida aniq bir qarorga kelgani yo'q. PSJ futbolchi uchun yaxshi variant sifatida aytilmoqda. Ammo parijliklar Kilian Mbappeni sotib yuborishsagina uning o'rniga Levandovskini taklif qilish niyatidalar.
Ilgariroq Robertning xizmatlariga “Real” qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Myunxen klubi hujumchini 60 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Germaniyaliklar koronavirus pandemiyasi bois klubda yuzaga moliyaviy inqirozni hujumchining transferi orqali yopishmoqchi. SHuningdek, Levandovskining xizmatlariga yana bir qator klublar qiziqish bildirishmoqda.
Levandovski 2014 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u Bundesligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol urishga erishdi.
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!