SportUz.Net
photo photo

Kuman: “Barsa” yaxshi formada. PSJ bilan shu formada kuch sinashishimiz ayni muddao”

14.02.2021 09:23    


Rasmni yuklab olish

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 23-turi doirasida “Alaves” ustidan (5:1) qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoamning o'yinga bo'lgan munosabati menga maqul bo'ldi. Birinchi bo'limda u qadar yaxshi o'ynolmadik, ammo o'yinni o'z nazoratimizda saqlab turdik.

Bir qator futbolchilarimizga hordik berishga qaror qildik. Trinkau qanotda yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo raqib ham bo'sh “zona”larni yaxshi yopa oldi. Riki Puch ko'p jihatlar bo'yicha o'sishga erishmoqda. U doim o'ziga ishonuvchan va bor kuchini maydonda sarflayati. Bugun u yaxshi o'yin namoyish etdi.

Moriba haqida gapiradigan bo'lsam, u bilan suhbatlashib olishim kerak. U bir qator xatolarga yo'l qo'ydi, ammo hali u yosh. Bu xatolar unga saboq bo'ladi.

Jamoa ayni paytda yaxshi formada va o'ziga ishonchi yuqori. PSJ bilan o'yinimiz shu paytda bo'lishi yaxshi. Bu teng kuchli jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligi bo'ladi”, deydi Kuman.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: