
O'yinda hisobni 1-taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Neymar penaltidan ochdi. Keyingi bo'limda esa mezbonlar hujumchisi Sexru Girassi hisobni tenglashtirdi.
Asosiy bo'lim tugashiga oz qolganida Presnel Kimpembe raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun qizil kartochka oldi va parijliklar o'yinni 10 kishi bo'lib yakunlashdi.
PSJ 76 ochko bilan chempionat jadvalida 2-o'rinda qoldi. Ulardan 3 ochko ko'p to'plagan “Lill” esa chempionlik uchun yaqin turibdi.
"Renn" – PSJ 1:1 (0:1, 1:0)
"Roazon Park" stadioni
Gollar: 0:1 – 45, penalti Neymar, 1:1 – 70 Girassi.
"Renn" – Gomis, Agerd, Da Silva, Mauassa (Dalbert, 78), Traore (Soppi, 90), Burijo, Ugoshukvu (Grene, 61), Doku, Te, Tere (Diuf, 79), Girassi (Del Kastiyo, 90).
PSJ – Navas, Kimpembe, Dagba (Florenci, 80), Kurzava (Diallo, 55), Markinos, Danilu Pereyra, Errera (Guye, 70), Di Mariya (Rafinya, 69), Draksler (Ikardi, 80), Kin, Neymar.
Ogohlantirishlar: Agerd (45), Errera (57), Diuf (80), Del Kastiyo (89), Te (90).
CHetlatish: Kimpembe (87).
TURNIR JADVALI
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!