32 yoshli Germaniya terma jamoasi azosining hozirgi jamoasi bilan amaldagi bitimi ushbu mavsum oxirida yakuniga etishini hisobga olgan holda "ko'k-anorranglilar" futbolchiga jiddiy qiziqayotgani ochiqlandi.
O'yinchining o'zi "shaharliklar" tarkibini tark etishi yoki qolishi borasida aniq biror qarorga kelganicha yo'q. U joriy mavsumda ingliz klubi uchun Premer-ligada 12 o'yinda ishtirok etdi.
Jami 20 o'yinda maydonda harakatlangan Ilkay Gyundogan "Etixad" egalari uchun 2 ta gol urdi va yana shuncha golga assistentlik qildi.