SportUz.Net

Rossiya terma jamoasi O'zbekistonga qachon uchib keladi?

08.11.2022 14:25    


Rasmni yuklab olish

Rossiya futbol ittifoqi va mamlakat bosh jamoasi murabbiylar shtabi termani Tojikiston va O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yinlariga tayyorlash taqvimini belgilab oldi.

Unga ko'ra, futbolchilar 14 va 15 noyabr kunlari Novogorskdagi qarorgohda mashg'ulot o'tkazishadi, shundan so'ng Dushanbega uchib ketishadi. 

Rossiya MTJ 17 noyabr kuni Dushanbe shahridagi Respublika Markaziy stadionida Tojikiston terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

18 noyabr kuni esa Rossiya terma jamoasi Toshkentga jo'nab ketadi va 20 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvda qatnashadi.

18 noyabr (juma)

13:30 – Dushanbedan Toshkentga uchish

19 noyabr (shanba)

18:00 – "Paxtakor" stadionida o'yinoldi mashg'ulot (OAV uchun 18:00 dan 18:15 gacha ochiq)

19:15 – Rossiya termasi ustozi Valeriy Karpin va bir futbolchi bilan o'yinoldi matbuot anjumani

20 noyabr (yakshanba)

17:00 – O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston – Rossiya. "Paxtakor" stadioni

Avvalroq Rossiya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi bahs uchun qaydnomasini elon qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: