SportUz.Net

“Real”ning g'alabali seriyasi yakunlandi

03.10.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya chempionati 7-turida “Real” o'z maydonida “Osasuna” bilan durang o'ynadi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida David Garsiya o'yindan chetlatildi va Karim Benzema penalti tepish imkoniga ega bo'ldi, ammo francuz bundan foydalana olmadi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

SHu tariqa, Karlo Anchelotti shogirdlari mavsumda ilk bor raqibni mag'lub etolmadi. Bungacha o'tkazilgan 9 ta rasmiy o'yinda g'alabali seriya qayd etilayotgandi. Bundan tashqari, madridliklar mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvida “Yuventus”ni ham taslim etgandi – 2:0.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: