SportUz.Net
photo photo

Italiya A Seriyasida o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

01.10.2022 13:25    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionatida sentyabr oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy nomi malum qilindi.

Mukofot "Udineze" bosh murabbiyi Andrea Sottilga nasib etdi. Sentyabr oyida murabbiy shogirdlari uchta o'yinda ham g'alaba qozonishdi: "Roma" (4:0), "Sassuolo" (3:1) va "Inter" (3:1).

Jamoa hozirda A Seriya turnir jadvalida peshqadam "Atalanta" va "Napoli"dan bir ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinda bormoqda.

"Udineze"ning navbatdagi o'yini 3 oktyabr kuni "Verona"ga qarshi kechadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: