O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashishi ehtimoli mavjud.
JAR termasi bosh murabbiyi Xugo Bros seshanba kungi Botsvana bilan o'yindan (1:0) keyin buni tasdiqladi.
"Biz 14 noyabrdan 20 noyabrgacha birga bo'lamiz va ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushamiz.
Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. Umid qilamanki, biz Burkina-Faso va O'zbekistonga qarshi o'ynashga muvaffaq bo'lamiz", – dedi belgiyalik mutaxassis.
Bros Burkina-Faso va O'zbekiston ideal raqiblar bo'ladi, deb hisoblamoqda.
"Ehtimol, biz Burkina-Faso bilan uyda va O'zbekiston bilan esa Dubayda bahs olib boramiz".
Eslatib o'tamiz, Srechko Katanec qo'l ostidagi milliy jamoamiz 20-27 sentyabr kunlari Janubiy Koreyada tashkil etgan o'quv-mashg'ulot yig'inida Kamerun (2:0) va Kosta-Rika (1:2) bilan bahsda ishtirok etdi.
Oldinroq O'zbekiston noyabrda UEFA vakili bilan o'ynashi haqida xabar bergan edik.