
Erling Holand sobiq jamoadoshi Bellingem bilan bog'lanib, uni "shaharliklar" tarkibiga qo'shilishga undagan. Norvegiyalik "gol mashinasi" Germaniyada ikki yarim yil o'ynaganidan so'ng "Manchester Siti"ning 5 yillik taklifiga imzo chekkan edi. Holand Bundesligada ikki yilni 2020 yil yozida "Birmingem Siti"dan kelib qo'shilgan Jud Bellingem bilan bir jamoada o'tkazdi.
19 yoshli angliyalik futbolchi o'shanda Evropaning bir qator klublari tomonidan talash bo'lgandi. Bu kurashda "Borussiya" g'olib bo'lib, yosh iqtidorni ilib ketgandi. Endi xuddi shunday kurash kelasi yozda kelib chiqishi ayon bo'lmoqda. "Real" Bellingemni 2023 yil yozida qo'lga kiritishiga shubha qilmayapti. Unga qiziqqanlar orasida Angliyaning "Liverpul", "CHelsi" va "Manchester Yunayted" klublarini ko'rish mumkin. Uni 83 mln funtga sotib olish mumkin bo'ladi, deyiladi manbada.
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!