SportUz.Net

Tezkor xabar! "CHelsi" Tuxelni istefoga chiqardi

07.09.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

Tomas Tuxel "CHelsi"ni tark etadi.

London klubi germaniyalik mutaxassis bilan hamkorlik qilishni to'xtatdi.

Kecha "CHelsi" ECHL 1-turida Zagrebning "Dinamo"siga yutqazdi (0:1). Bu uning jamoa boshqaruvidagi 100-o'yini edi.

"Ko'klar" APLda 6-o'rinni egallab turishibdi. Klub 6 turda 3 ta g'alaba, 1 ta durang va 2 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Tuxel "CHelsi"ni 2021 yilning yanvaridan beri boshqarib kelayotgandi. U klub bilan CHempionlar Ligasi, Evropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHni yutdi.

"CHelsi"ning keyingi o'yini 10 sentyabr kuni mehmonda "Fulxem"ga qarshi o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: