Tajribali hujumchi "Sud Amerika" jamoasida o'ynaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Sud Amerika" Urugvayning mavqei jihatdan ikkinchi divizionidir. Sebastyan uchun ushbu klub professional faoliyatidagi 31-jamoa bo'ldi.
Abreu faloiyatining katta qismini Janubiy Amerika va Meksikada o'tkazgan. Urugvaylik futbolchi qisqa vaqt davomida Evropada ham o'ynagan. Futbolchi Ispaniyaning "Deportivo" va "Real Sosedad" klublaridagi faoliyati orqali yaxshi tanish.
Sebastyan Urugvay terma jamoasi safida 70ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urishga erishdi.