SportUz.Net

Rossiyada "Paxtakor" va "Zenit" faxriylari o'rtasida "Paxtakor-79" xotira uchrashuvi bo'lib o'tadi

11.08.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

Mashum fojiaga 43 yil to'ldi.

SHu munosabat bilan 13 avgust kuni Rossiyaning Pushkin shahrida "Paxtakor-79" marhum azolari sharafiga bahs bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" hamda "Zenit" faxriy futbolchilari maydonga chiqishadi. 

O'yin Rossiya Federaciyasi Sport vazirligi, Sankt-Peterburg hukumati ko'magi bilan Yuriy Berestovning "Ayra" texnoparki, Marat Kabaev boshchiligidagi Xalqaro Islom biznesi associaciyasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Maxsus o'yinda afsonaviy Rinat Dasaev, "Zenit" fayriylari – Dmitriy Radchenko, Aleksandr Spivak, Yuriy Jeludkov, Boris CHuxlov, "Paxtakor" faxriylari – Anatoliy Solovyov, Andrey Pyatnickiy, Aleksandr Tixonov va boshqalar qatnashishadi. 

SHuningdek, o'zbek futboli fidoyilari, halok bo'lgan "Paxtakor-79" jamoasi azolari oilalari va yaqinlari uchrashuv mehmoni bo'lishadi.

Uchrashuv sanasi: 2022 yil 13 avgust

Boshlanish vaqti: 14:00

Stadion manzili: Rossiya. Sankt-Peterburg. Pushkin shahri, Leningrad ko'chasi, 83 B



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: