SportUz.Net

Roy Kin forvard Erling Xolandni maqtadi

08.08.2022 20:25    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Roy Kin "Manchester Siti" yangi o'yinchisi Erling Xolandning debyuti haqida gapirdi.

"Siti" uchun juda ham qulay g'alaba. Odamlar Xoland tezda APLga ko'nikib ketishiga shubha qilishgandi. Ammo, u o'z mahoratini namoyish etdi. Unda vaziyatlar bo'ladi, bugun buning guvohiga aylandik.

Uning 20tadan ortiq gol urishini aytishmoqda. Ammo, u penaltilarni ijro etmoqda, shunday ekan 30, 40ta gol bo'ladi.

Jarohatlardan qocha olsa, unda yaxshi imkoniyatlar bo'ladi. Unga qarshi chiqadigan himoyachilarga omad.

Uning harakat qilishi, tezlik olishi – Ronaldunikidek. U ham o'yinning borishiga juda ham tasir o'tkazishni xohlamaydi, ammo ish jarima maydonchasi ichiga etib borsa, u juda ham faol bo'ladi", – deydi Roy Kin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: