SportUz.Net
photo photo

"Liverpul" Jota bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

02.08.2022 13:50    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Angliya klubi 25 yoshli portugaliyalik uchun yaxshilangan shartlarni o'z ichiga olgan yangi bitimni tayyorlaydi.

Jotaning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 60 million evroga baholamoqda.

Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi "Liverpul"ga 2020 yilning sentyabrida "Vulverxempton"dan 45 million evro evaziga o'tgandi. U "qizillar" safida jami barcha musobaqalarda 85ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 9ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: