
Kristof Galte shogirdalari yangi mavsumga tayyorgarlikni Yaponiyada olib borishmoqda. Yig'in doirasida parijliklar uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq ashaddiy raqiblar, hozirda bir jamoa libosida to'p tepayotgan Serxio Ramos va Lionel Messining bahslashuvi muhokamalarga sabab bo'ldi.
Gap shundaki, mashg'ulot payti Messiga kelayotgan to'pni Ramos bartaraf etishga urinadi, ammo ildamroq harakat qilgan argentinalik hujumchi undan o'zib ketadi va darvozaga zarba yo'llaydi. Ispaniyalik himoyachi kurashga kech qoldi hamda oyog'ini olib qocholmadi, natijada u Messining oyog'ini ilib oldi. SHunga qaramasdan o'ng oyoqda darvozaning past burchagiga zarba bera olgan Leo o'z urinishdan so'ng Ramosga norozi kayfiyatda nigoh tashladi va u bilan bir necha so'z aytishdi.
Eslatib o'tamiz, PSJ mazkur mintaqadagi so'nggi o'yinida "Gamba Osaka"ni 6:2 hisobida mag'lub etdi.
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!