Malum bo'lishicha, Fyurining "Gypsy King" brendi klub libosiga joylashtiriladi. Sportchining o'zi esa jamoa elchisiga aylanadi.
"Morkam hududini yaxshi ko'raman, mahalliy klubni qo'llab-quvvatlash imkoniga ega bo'lganimdan xursandman", - deya izoh berdi Fyuri ushbu hamkorlik haqida.
"Tayson Fyuri - klubimizning fantastik vakili, uning biz bilan ekanligi ajoyib. Fyuri jahon sportidagi mashhur nomlardan biri. U klubimizni dunyo bo'ylab tanitadi", - dedi "Morkam"ning tijoriy direktori.