- Kollekciyangdagi eng qimmatbaho futbolka kimniki?
- Krishtianu Ronaldu.
- Qaysi o'yindan keyin libos almashgansizlar?
- Bittasini Manchesterda unga qarshi “Arsenal”da o'ynaganimda olganman, ikkinchisini esa Madridda birga harakat qilganimizda u menga sovg'a qilgan.
Bu o'yinchining o'zini tutishi menga juda yoqadi. Nafaqat o'yindagi harakatlari, balki barchamiz uning o'yinlarini xush ko'ramiz. Ammo menda unda tortgan asosiy jihat bu Ronalduning mehnat qilishga bo'lgan ulkan ishtiyoqidir.
U mashg'ulotdan oldin ham tayyorgarlik ko'radi. Keyin rasmiy mashqlar. SHundan keyin ham u mashq qilishda davom etadi. Uchrashuvdan keyin ham mashg'ulot o'tkazadi. Dam olish kunlari ham jismoniy tayyorgarligini oshiradi.
- Demak, ko'pchilikning joniga teggan “Messi yoki Ronaldu” degan savolga sendan “Ronaldu” javobini eshitamizmi?
- Ha, 250 foiz – Ronaldu, deydi 38 yoshli Adebayor.
Eslatib o'tamiz, sobiq forvard Krishtianu bilan birga 2011 yil “Real”da harakat qilgan.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"