SportUz.Net

Hojimat Erkinov "Paxtakor" bilan xayrlashdi

07.07.2022 07:25    


Rasmni yuklab olish

Mahoratli yarim himoyachining legionerga aylanishi kutilmoqda.

"Hammaga Assalomu alaykum! Bugun men “Paxtakor” jamoasi bilan xayrlashaman. Men uchun bu jamoa eng kuchli va eng sevimli jamoa bo'lib qoladi. 10 yoshimdan beri "Paxtakor"daman va shuni aytishim kerakki, shuncha vaqt ichida ko'pchilik o'z kuchini, mehnatini sarmoya qildi va men ulardan cheksiz minnatdorman! 

Barcha muxlislar, murabbiylar va hamkorlarga, barcha jamoa azolariga rahmat!", – deb yozadi Erkinov Instagram sahifasida.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada 10 ta o'yinda maydonga tushib,1 ta gol urdi. SHuningdek, u O'zbekiston olimpiya termasi bilan U-23 Osiyo Kubogida 2-o'rinni egalladi va 30 iyunda davlatimiz rahbari tomonidan "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.

Avvalroq "Paxtakor" klubi Hojimat Erkinovni Moskvaning "Torpedo" klubiga transfer qilayotgani haqida xabar bergan edik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: