SportUz.Net

SHomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan Turindagi o'yinda "Roma" ishonchli g'alabaga erishdi

21.05.2022 05:50    


Rasmni yuklab olish

Italiya A Seriyasining so'nggi 38-turidan o'rin olgan "Torino" - "Roma" uchrashuvida mehmonlar yirik hisobda zafar quchishdi.

Boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan Eldor SHomurodov 76-daqiqada o'z o'rnini Zanologa bo'shatib berdi. Aynan chiqib ketishi oldidan u sariq kartochka ham ishlab oldi. Ushbu g'alaba rimliklarga kelasi mavsum Evropa Ligasida o'ynash imkoniyatini taqdim etdi. 

"Torino" – "Roma" 0:3

Gollar: 0:1 – 33 Abraxam, 0:2 – 42, penalti Abraxam, 0:3 – 78, penalti Pellegrini.

"Torino" – Berisha, Ayna, Rodriges (Buondjorno, 46), Lukich, Zima, Ansaldi (Sek, 46), Prat, Brekalo (Pyaca, 46), Pobega, Richchi (Mandragora, 84), Belotti (Pellegri, 68).

"Roma" – Ruy Patrisiu, Manchini, Kumbula, Rojer, Spinaccola (Vinya, 83), Zalevski (Karsdorp, 58), Serjiu Oliveyra (Kristante, 58), Veretu, Pellegrini (El-SHaaravi, 82), SHomurodov (Dzanolo, 76), Abraxam.

Ogohlantirishlar: Rojer (20), Ansaldi (21), SHomurodov (76), Buondjorno (78).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: