SportUz.Net
photo photo

"Real" yarim himoyani kuchaytirish uchun eng muhim transfer maqsadini aniqlab oldi

21.04.2022 16:00    


Rasmni yuklab olish

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yozgi transfer oynasida "Real"ning muhim maqsadlaridan biriga aylandi.

"Qaymoqranglilar" yosh o'yinchini xarid qilish uchun sezilarli mablag' tikishga tayyorlar. Madrid klubi bosslari ushbu transfer uzoq muddatli kelajak va hozir uchun sarmoya deb hisoblashmoqda.

Bellingem 2020 yilda "Borussiya"ga "Birmingem"dan 25 mln evro evaziga o'tgandi. O'yinchining "arilar" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

18 yoshli angliyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 13ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: