SportUz.Net
photo photo

Kellini faoliyatini yakunlashi mumkin

17.03.2021 20:50    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini joriy mavsum so'nggida faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.

36 yoshli futbolchi tizzasidan olgan jarohati sabab o'tgan mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi va A Seriya doirasida faqatgina 9ta o'yinda maydonga tushdi.

"Yuventus" italiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Bu esa o'ynichining faoliyatini yakunlash borasidagi qaroriga tasir ko'rsatishi mumkin.

Qayd etish kerakki, "keksa sinora" uning o'rniga boshqa himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti, klub 19 yoshli ruminiyalik Radu Draguzinani asosiy jamoaga o'tkazmoqchi. Bundan tashqari turinliklar ko'proq o'yin amaliyoti talab qilayotgan Merix Demiral borasidagi takliflarni eshitishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Kellini 2005 yildan beri "Yuventus"da o'ynaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: