SportUz.Net

Ertangi OCHL o'yini oldidan: "Paxtakor"ning Saudiya Arabistoni klublari bilan bellashuvlar tarixi

09.04.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

10 aprel kuni tunda "Paxtakor" Buraydada "Al Taavun" jamoasi bilan maydonga tushadi.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida "Paxtakor" 25 bahsda maydonga tushgan ("Al Hilol" bilan 2020 yilgi bahslar natijasi bekor qilingani sababli bu ro'yxatga kiritilmagan - 1:2 va 0:0). Ularda 4 g'alaba, 5 durang va 16 mag'lubiyat kuzatilgan. "SHerlar" raqiblar darvozalarini 19 bor ishg'ol qilib, 50 marta to'p o'tkazib yuborishgan. Jami 6 raqibga qarshi to'qnashuvlar kuzatilgan. "Paxtakor" o'zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi. "Taavun" bilan jamoa oldin to'qnash kelmagan.

 

"Paxtakor"ning Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etgan natijalari bilan tanishing:

"Al Ahli" - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2

"Al Ittifoq" - 2:1, 1:0, 0:2

"Al Ittihod" - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2

"Al Nasr" - 2:2, 0:4

"Al Hilol" - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4

"Al SHabab" - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: