"Bu uch ochko juda muhim. "Selta" maydonidagi o'yinlar doimo qiyin o'tgan. Har holda faoliyatim davomida ushbu stadionda oson g'alabaga erishmaganmiz. G'alabaga loyiqmidik yoki yo'q, bilmadim. Birinchi bo'limda yaxshi seyvlar amalga oshirdim. SHundan keyin raqiblarni o'z yarim maydoniga qamay oldik va uchta penalti ishladik.
"Selta" to'p bilan yaxshi o'ynadi va intensiv futbol namoyish qildi. Birinchi bo'limda ularni bosimda ushlab tura olmadik. Ular markaz orqali o'yinni boshqarishdi, biroq yakunda biz yutib ketdik. CHorshanba kuni ECHLdagi o'yin kutib turibdi. Maqsad sari intilish kerak", - dedi Kurtua.
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi
Mahmud Muradov ertangi jangi oldidan tajribali raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)