Jahon chempionati yo'llanmasini muddatidan avval hal qilib ulgurgan Argentina terma jamoasi o'z maydonida Venesuelani qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Nikolas Gonsales, Anxel Di Mariya va Lionel Messi kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan Argentinaning ochkolari 38 taga etdi.
JCH-2022 kvalifikaciyasi. Janubiy Amerika. 17-tur
Argentina – Venesuela 3:0 (1:0)
26 mart, 04.30. "Estadio Alberto Xakinto Armando"
Gollar: 1:0 – 35 Gonsales, 2:0 – 79 Di Mariya, 3:0 – 82 Messi.
Argentina – Armani, Molina, Otamendi, Pesselya, Talyafiko, Paredes (Rodriges, 88), de Paul, Mak Allister (Di Mariya, 70), Korrea (Korrea, 64), Messi, Gonsales (Boye, 88).
Venesuela – Farines, Rosales, CHanselor, Makun, Ferraresi, Navarro (Murilo, 46), Martines, Errera (Machis, 77), Kasseres (Gonsales, 62), Rondon (Savarino, 83), Martines (Aristegeta, 62).
Ogohlantirishlar: Navarro (12), CHanselor (67), Errera (69), Rosales (71).
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!
Thailand Open. Boks bo'yicha erkaklar terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi