SportUz.Net
photo photo

Bugun "Qizilqum" Qo'qonda mehmon, "Paxtakor" "Mashal" bilan o'ynaydi

15.03.2021 12:50    


Rasmni yuklab olish

Bugun Superliganing 2-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga, 2-tur

QO'QON-1912 – QIZILQUM
15 mart 2021 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Daler Tilloev, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: SHerzod Rajabov

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 20 marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning 7 tasida qo'qonliklar zafar quchishgan, 12ta bahsda navoiyliklarning qo'li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati – 35-23, “Qizilqum” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Qo'qon-1912” 22 ochkoni qo'lga kiritgan. “Qizilqum”ning ochkosi 37 tani tashkil etadi.

"Qo'qon-1912" oxirgi uch mavsum o'z maydonida bu raqibni 3 marta mag'lub etgan.


PAXTAKOR – MASH'AL
15 mart 2021 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Ramil Ilyasov

Bu jamoalar chempionat bahslarida 36 bahsda to'qnash kelishgan. Ularning 25tasida "Paxtakor", 5tasida "Mashal" yutuqqa erishgan. 6 o'yin durang bilan yakunlangan. "SHerlar" raqib darvozasini 72 bor ishg'ol qilgan bo'lsalar, muborakliklar 25 gol urishgan.

Toshkentda kechgan 18 bellashuvning 16tasida "Paxtakor" muvaffaqiyat qozongan. Bittadan o'yinda durang va raqib g'alabasi kuzatilgan. O'z maydonidagi o'yinlarda "Paxtakor" 10 marta "Mashal" ustidan yirik yutuqqa erishgan. Oxirgi marta Muborak klubi Toshkentda 2007 yil ochkoni qo'lga kiritgan. O'shanda bahs 3:3 hisobida yakunlangan. Toshkentdagi so'nggi 10 to'qnashuvda "Paxtakor" ketma-ket zafar quchgan. O'tgan yili "SHerlar" 3:0 hisobida ustun kelishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: