
Ronaldu bugun rasmiy o'yinlardagi gollari sonini 770 taga etkazib olib, futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Avvalgi rekord esa braziliyalik afsona Pelega tegishli edi – qayta hisob-kitoblarga ko'ra 767 ta gol.
“Krishtianu, hayot – bu yakka parvozdir. Har kimning o'z sarguzashtlari bor va seniki esa naqadar ajoyib! Sendan zavq olaman, o'yinlaringni kuzatishni yaxshi ko'raman, bu hech kimga sir emas.
Rasmiy o'yinlarda gol urish bo'yicha rekordimni yangilaganing bilan tabriklayman. Meni xafa qilayotgan yagona narsa shuki, bugun seni quchoqlay olmayman. Biroq, ushbu fotosuratni uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan do'stligimiz ramzi sifatida senga hurmat ila qoldiraman”, deya post qoldirgan Instagram'dagi sahifasiga Pele.

"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!