Ikki tomonning kelishuvi asosida ushbu qarorga kelingan. Uaylder 5 yildan buyon klubda faoliyat olib borayotgandi. U jamoa bosh murabbiyi sifatida 200dan oshiq uchrashuvda qatnashgan oltinchi murabbiyga aylangan.
2018/19 yilgi mavsumda mutaxassis jamoasini CHempionshipdan APLga olib chiqqandi. O'tgan mavsum uning qo'l ostidagi "SHeffild" yilning eng ajoyib jamoalaridan biri bo'lgandi.
Ayni damda "SHeffild" so'nggi o'rinda bormoqda. 17-o'rin bilan o'rtadagi farq 12 ochkoni tashkil qiladi.