SportUz.Net

Karlo Anchelotti: "To'g'risini aytaman, "Barselona" yaxshi o'ynadi"

13.01.2022 13:00    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham yaxshi harakat qildi. Biz qiynaldik. O'yinni yaxshi boshladik va asosiy etiborni qarshi hujumga qaratdik. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng o'yinimizda sifat pasaydi. Birinchi bo'limda g'alabaga loyiq edik. Ikkinchi taym esa nisbatan teng kechdi. 

Qarshi hujumlardan yaxshi foydalanamiz, bizda buning uchun mos futbolchilar bor. O'yin yakunida esa yaxshi himoyalana boshladik. "Barselona" yaxshi o'ynadi va bahs har ikki jamoa uchun muhim edi. To'g'risini aytaman: "Barselona" yaxshi o'ynadi. Benzemada barchasi joyida", - dedi Anchelotti. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: