"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchi o'zining jamoadagi holati o'zgarib qolishi mumkinligini tushunmoqda va shu sababli jamoadan ketishga tayyorlanmoqda. U JCH-2022ga qadar o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.
Murabbiylar shtabi ayni damda Gavi hamda Niko Gonsalesga ishonch bildirmoqda. Koutino esa zaxira varianti sifatida ko'rilyapti. SHu sababli u qishda jamoasini almashtirmoqchi.
Ayni damda uning agenti yangi jamoa izlamoqda. Ushbu mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi 16 o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi.