SportUz.Net
photo photo

Kroos faoliyatini qaysi jamoada yakunlamoqchi ekanligini aytdi

07.03.2021 10:23    


Rasmni yuklab olish

“Real”ning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Madrid klubida yakunlash niyatida.

“Har bir o'yinda jamoam uchun borimni berishga harakat qilaman. Uzatgan to'plarim jamoadoshlarimga aniq etib bormasa, bu meni g'azabga soladi. Bu borada ideal to'p uzatishga harakat qilaman, garchi barcha uzatmalar aniq egasiga etib borishiga ishonish qiyin bo'lsada... Men bir necha yillardan buyon shuni ustida ishlayapman va yana bu borada yaxshiroq bo'lishga intilaman.

Har doim aytib kelganimdek faoliyatimni “Real”da yakunlash niyatidaman. Bu fikrim hali ham o'zgarmagan”, deya Kroosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Toni Kroos 2014 yilda “Bavariya”dan “Real”ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi La Ligada 22 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golga hammualliflik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: