Bilasiz, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi-2021 uchrashuvi bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion "Paxtakor" va vice-chempion "Nasaf" klublari o'rtasidagi qiziqarli bellashuvga Samarqand shahridagi "Dinamo" stadioni mezbonlik qiladi.
Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Timur Gaynulin yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Rahimbek Karimov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Bobur Haydarov, komissar Jahongir Rahmatullaev.
Top Rank vice-prezidenti: "Lomachenkoni yana ringda ko'ramizmi yoki yo'q - bu aniq emas"
Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda. Tarkibda legioner ham bor